Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari (MMA) assotsiatsiyasining yangi raisi etib ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov tayinlandi, deb xabar bermoqda mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasining matbuot xizmati.
Bungacha, 2020 yil avgustidan boshlab, assotsiatsiyaga mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rahbarlik qilib kelgan. 2025 yil aprel oyida esa Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston voleybol federatsiyasining raisi etib ham saylangan edi.
Aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi 2019 yilda tashkil etilgan.
Uning birinchi rahbari Otabek Umarov taʼkidlaganidek, ushbu tashkilot avval faqat o‘z ishtiyoqi bilan mashq qilib, musobaqalarda ishtirok etgan sportchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan.