Valyuta kurslari 18/11/2025
$1 – 12009.92
UZS – -0,25%
€1 – 13933.91
UZS – -0,42%
₽1 – 147.80
UZS – -0,92%
Qidirish
ICBC Aviation Leasing kompaniyasi "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasiga zamonaviy A321neo samolyotlarini yetkazib beradi

ICBC Aviation Leasing kompaniyasi "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasiga zamonaviy A321neo samolyotlarini yetkazib beradi

ICBC Aviation Leasing kompaniyasi "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasiga zamonaviy A321neo samolyotlarini yetkazib beradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways havo kemalari parkini yangilash vakengaytirish dasturini amalga oshirishni davom ettirmoqda. Ushbu strategiya doirasida aviakompaniya Xitoyning ICBC Aviation Leasing lizing kompaniyasi bilan ikkita yangi Airbus A321neo havo kemasini lizing asosida yetkazib berish bo‘yichadastlabki kelishuv (letter of intent, LOI) imzoladi.

Avialaynerlarni ikki klassli komponovkada yetkazib berish2027-2028 yillarga mo‘ljallangan.  Bu aviakompaniya ICBC Aviation Leasing bilan hamkorlik doirasida oladigan birinchihavo kemalari bo‘lib, bu hamkorlikning yangi yo‘nalishiniochadi va Uzbekistan Airways’ning aviatsiya lizingi bozoridagixalqaro ishtirokini mustahkamlaydi.

Yangi Airbus A321neo zamonaviy Airspace Premium salonlari, zamonaviy ko‘ngilochar tizim va parvoz paytidainternetga ulanish imkoniyati bilan jihozlanadi. Ushbuyechimlar yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi qulaylik varaqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlab, qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

Havo kemalarning foydalanishga topshirilishi Airbus A321neo Uzbekistan Airways parkini 2028-yilga kelib 15 tagayetkazish imkonini beradi, bu esa flotni modernizatsiya qilish vaaviatashuvlar samaradorligini oshirish strategiyasini amalgaoshirishda navbatdagi qadam bo‘ladi.

ICBC Aviation Leasing bilan hamkorlik Uzbekistan Airways’ning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy vatejamkor avialaynerlar bilan flotni kengaytirish, shuningdek, yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz sayohat qilish uchun yangiimkoniyatlarni taklif etish istagini ta’kidlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling