Valyuta kurslari 18/12/2025
$1 – 12059.78
UZS – -0,38%
€1 – 14129.24
UZS – -0,73%
₽1 – 150.07
UZS – -1,63%
Qidirish
ICBA bilan Qoraqalpog‘istonda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor masalalari muhokama qilindi

ICBA bilan Qoraqalpog‘istonda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor masalalari muhokama qilindi

ICBA bilan Qoraqalpog‘istonda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo'yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov hamda Sho'rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) bosh direktori doktor Tarifa Al Zahabi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida ICBAning O‘zbekiston bilan ko‘p yillik samarali hamkorligi, qurg‘oqchil sharoitlarda qishloq xo‘jaligini yuritish va sho‘rga chidamli ekinlarni ishlab chiqish borasidagi yuqori darajadagi texnik ekspertizasi uchun minnatdorlik bildirildi. Shuningdek, doktor Tarifa Al Zahabining shaxsiy hissasi va ICBAning xalqaro tajribasi iqlimga moslashuvchan agrar tizimlarni qo‘llab-quvvatlashda alohida e’tirof etildi.

Aziz Abduhakimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi cho‘llanish, tuproq sho‘rlanishi, suv resurslari tanqisligi hamda Orol dengizi qurishi oqibatlari tufayli mamlakatdagi eng zaif hududlardan biri ekanini ta’kidladi. Shu nuqtayi nazardan, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va mahalliy oziq-ovqat tizimlarini mustahkamlash O‘zbekiston hukumati tomonidan ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Hamkorlikning asosiy maqsadi Qoraqalpog‘istonning degradatsiyaga uchragan hududlarida barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimlarini shakllantirishdan iborat ekani qayd etildi.

Mazkur maqsad doirasida "Abu-Dabi taraqqiyot fondi" (ADFD) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qoraqalpog‘istonning degradatsiyaga uchragan hududlarida barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha natijasida yetti tumandagi 1500 dan ortiq fermerlar o‘qitildi, shuningdek, sho‘rlangan va qurg‘oqchil iqlim sharoitlariga moslashtirilgan 12 turdagi sinovdan o‘tgan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari tarqatildi. 2025-yilda loyiha doirasida umumiy qiymati 1,97 mlrd so‘m bo‘lgan integratsiyalashgan agro-akvakultura tizimi (IAAS) tashkil etildi. Ushbu obyektning rasmiy ochilishi joriy yilning sentabr oyida Abu-Dabi taraqqiyot fondi bosh direktori doktor Muhammad Saif Al Suo'aidiyning tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan asosiy ekologik islohotlar yo‘nalishlari taqdim etildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Ekologiya vazirligi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga aylantirilgani hamda Prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etilgani qayd etildi. Ushbu o‘zgarishlar mamlakatning ekologik boshqaruvni kuchaytirish, nazorat samaradorligini oshirish va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni jadallashtirishga sodiqligini ko‘rsatadi.

Alohida e’tibor Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhitni o‘rganish markazini tashkil etishga qaratildi. Mazkur markazning asosiy vazifalari qurg‘oqchil hududlar ekologiyasi bo‘yicha raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, cho‘llanish va sho‘rlanish sharoitida ekologik o‘zgarishlarni prognozlash, shuningdek, tabiiy resurslar, suv va qishloq xo‘jaligini boshqarish sohasida ilmiy asoslangan strategiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni 2026-yil 30-maydan 6-iyungacha bo‘lib o‘tadigan Global ekologik fondning (GEF) 8-Assambleyasi hamda "Eco Expo Central Asia–2026"  xalqaro ko‘rgazmasiga mezbonlik qilishi haqida ma’lumot berdi hamda ICBA rahbariyatini ushbu tadbirlarda, jumladan ekologik moliyalashtirish bo‘yicha yechimlarni shakllantirish jarayonida ishtirok etishga taklif etdi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida xorijiy delegatsiya a’zolari uchun yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhitni o‘rganish markazi bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirildi. Mehmonlarga markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi, shuningdek, mintaqaviy ekologik raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirish va tabiiy resurslarni barqaror boshqarish sohasida amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish rejalari taqdim etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling