IATA rahbari evakuatsiya vaqtida yo‘lovchilarni qo‘l yukini olmaslikka chaqirdi
IATA rahbari evakuatsiya vaqtida yo‘lovchilarni qo‘l yukini olmaslikka chaqirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) bosh direktori Uilli Uolsh aviatsiya xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilish zarurligini taʼkidlab, samolyotdan evakuatsiya vaqtida yo‘lovchilarning qo‘l yuklarini olishga urinishi kuchayib borayotgani borasida havotirda ekanlgini taʼkidladi.
«Agar samolyotni tark etish bo‘yicha buyruq berilsa, siz iloji boricha tez chiqishingiz shart. Qo‘l yugingizdagi hech bir narsa sizning hayotingizdan qimmat emas», — dedi Uolsh. U yo‘lovchilarning yuqori javonlardan buyum izlab, to‘xtab qolishini va bu bilan o‘zlari hamda boshqalarni xavf ostiga qo‘yayotganini “hayratlanarli” holat sifatida bahodan o‘tkazdi.
IATA bosh direktori, shuningdek, hukumatlar barcha hodisa va falokatlarni IKAOning 13-ilovasiga muvofiq o‘z vaqtida tergov qilishi, xavfsizlikni doimiy taʼminlashda muhim ahamiyatga ega hisobotlarni taqdim etishi zarurligini taʼkidladi.
Assotsiatsiya 2026 yilda evakuatsiya vaqtida qo‘l yuklarini olib chiqish holatini yana-da chuqur o‘rganishni rejalashtirmoqda. Uolshning taʼkidiga ko‘ra, bu holat oxirgi yillarda tobora kengayib bormoqda.