IATA bilan hamkorlikda O‘zbekiston havo hududida PBN konsepsiyasi joriy etilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «O‘zaeronavigatsiya» Markazi DUK 2024-yilning 12-aprelidan boshlab, 2025-yilning 5-martigacha bo‘lgan davr mobaynida Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi havo hududida PBN (Performance Based Navigation) konsepsiyasini joriy qilish bo‘yicha loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan ishlarini bajarib kelmoqda.
PBN konsepsiyasi o‘zida, havo hududidagi navigatsiya aniqligi oldiga qo‘yiladigan barcha talablarni birlashtiradigan va tizimlashtiradigan navigatsiya xossalariga asoslangan, navigatsiya tizimini aks ettiradi. Uskunalarga qo‘yiladigan asosiy talablar – aniqlik, yaxlitlik, ishga yaroqlilik, uzluksizlik va funksional imkoniyatlardan iboratdir.
Xususan, 2025-yilda Toshkent, Urganch, Nukus, Andijon, Qarshi va Sariosiyo aerodromlarida PBN aniqlik xossalariga asoslangan, navigatsiyadan foydalangan holda manyovr qilish sxemalarini joriy etish rejalashtirilgan;
- havo hududi tasnifini maqbullashtirish;
- O‘zbekiston Respublikasining butkul hududlarida yagona mutlaq balandlik va o‘tish eshelonini o‘rnatish.
2025-yil 5-mart kuni Toshkent shahrida «O‘zbekiston Respublikasi havo hududida PBN konsepsiyasini joriy etish» ishchi loyihasi yuzasidan «O‘zaeronavigatsiya» Markazi DUK direktorining IATA menejeri D.S. Kosolapov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida IATA menejeri tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilgan tadbirlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, joriy natijalar sarhisob qilindi.