Valyuta kurslari 02/06/2025
$1 – 12790.43
UZS – 0,17%
€1 – 14486.44
UZS – 0,6%
₽1 – 162.60
UZS – -0,02%
Qidirish
Iqtisod 31/05/2025 Hyundai Heavy Industries O‘zbekistondan mehnat migratsiyasi salohiyati bilan tanishdi

Hyundai Heavy Industries O‘zbekistondan mehnat migratsiyasi salohiyati bilan tanishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyadagi “Hyundai Heavy Industries” va uning kemasozlikka ixtisoslashgan 185 ta hamkor kompaniya rahbarlariga O‘zbekistonning mehnat migratsiyasi salohiyati namoyish etildi.

Taqdimotda o‘zbekistonlik ishchilarning masʼuliyati va tartibli ekanligi eʼtirof etildi hamda yagona talab shartnomaga qatʼiy amal qilish kerakligi aytildi.

Shuningdek, hozirda Ulsan shahrida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi, muammolarga yechim berildi, muhim takliflar qayd etildi.

Yurtdoshlarimiz tomonidan maslahat: Koreyada ishlashni xohlaganlar shartnoma kelgandan keyin ham o‘z ustida tinimsiz ishlashlari, koreys tilini chuqur o‘zlashtirishlari shart!

“Hyundai” prezidenti bilan uchrashuv: Farg‘onadagi “Ulsan kasb-hunar markazi" da taʼlim olayotganlar muvaffaqiyatli ish boshlasa, malakatimizda yana-da ko‘proq markazlar ochish, SPAS bazasidagi kemasozlikdan tashqari sohalarda ham test topshirgan nomzodlarni suhbat orqali markazlarga o‘qishga qabul qilish va ishga joylashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilayotgani maʼlum qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling