Valyuta kurslari 30/03/2026
$1 – 12195.50
UZS – 0,13%
€1 – 14049.22
UZS – -0,22%
₽1 – 149.71
UZS – 0,8%
Qidirish
Huquqiy eksperimentni tashkil etish tartibga solindi

Huquqiy eksperimentni tashkil etish tartibga solindi

Huquqiy eksperimentni tashkil etish tartibga solindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ yoki mansabdor shaxs vakolatli organ hisoblanadi.

Huquqiy eksperiment muddati 6 oydan 3 yilgacha muddatga belgilanadi.

Huquqiy eksperimentning yagona reyestri huquqiy eksperimentni tashkil etish, o‘tkazish va uning yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga oladi.

Huquqiy eksperiment muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi bo‘yicha cheklangan holda, belgilangan vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi.

Huquqiy eksperiment natijasi yuzasidan vakolatli organ huquqiy eksperiment yakunlari bo‘yicha hisobot asosida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

huquqiy eksperiment tartibida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni yoki eksperimental-huquqiy normalarni ularning amal qilishini vaqt bo‘yicha, muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi bo‘yicha cheklanmagan holda qabul qilish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida;

huquqiy eksperiment tartibida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni yoki eksperimental-huquqiy normalarni ularning amal qilishini vaqt bo‘yicha, muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi bo‘yicha cheklanmagan holda qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida;

huquqiy eksperimentni o‘tkazish muddatini uzaytirish to‘g‘risida.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling