Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
“Humo”ning foydasi I yarim yillikda 73% ga oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Milliy banklararo protsessing markazi” AJning (“Humo” toʻlov tizimi) joriy yilning I yarim yillik yakunlari boʻyicha sof foydasi 124,3 mlrd soʻmni tashkil etdi, bu ko'rsatkich 2024-yilning shu choragiga nisbatan 73,1% ga koʻpdir.
Kompaniyaning ushbu davrdagi daromadi 224,9 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 60,4% ga o‘sdi. Yalpi foyda 95,2 mlrd.so‘mdan 160,2 mlrd.so‘mga o‘sdi, bu esa 68,3% ga o‘sishga to‘g‘ri keladi.
“Humo”ning aktivlari yarim yil ichida 70,4% ga oshib, 574,7 milliard so‘mga yetdi. Xususiy kapital ham sezilarli o'sishni ko'rsatdi — 49,6% ga, 493,3 mlrd. so'mni tashkil etdi.