HUMO va Mongol ID xalqaro to‘lovlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladilar

 HUMO va Mongol ID xalqaro to‘lovlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladilar

HUMO va Mongol ID xalqaro to‘lovlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 30-mart kuni Toshkentda HUMO va Takara Solutions (Mongol ID Holdings’ning sho‘ba kompaniyasi) O‘zbekiston va Mongoliya o‘rtasida transchegaraviy to‘lov yechimlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

Marosimda Mongoliyaning Favqulodda va muxtor elchisi Batbaatar Daadankhuu hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi savdo maslahatchisi Komila Hamidova ishtirok etdi, bu esa hamkorlikning xalqaro miqyosdagi ahamiyatini yana bir bor ta’kidladi.

Birinchi bosqichda o‘zaro ekvayringni ishga tushirish rejalashtirilgan — yani HUMO kartalari bilan Mongoliyada, Mongol ID vositalari orqali esa O‘zbekistonda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Kelgusida tomonlar QR-to‘lovlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlaydilar.

Mazkur tashabbus xorijda hisob-kitoblarni soddalashtirish va naqdsiz to‘lovlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, foydalanuvchilar va biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling