Valyuta kurslari 05/06/2025
$1 – 12831.81
UZS – -0,2%
€1 – 14606.45
UZS – -0,45%
₽1 – 163.75
UZS – 0,18%
Qidirish
Moliya 04/06/2025 Humans Mobile PTE LTD O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitraj da’vosini qo‘zg‘atadi

Humans Mobile PTE LTD O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitraj da’vosini qo‘zg‘atadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayrim ommaviy axborot vositalarida “Humans Mobile PTE LTD” (Singapur) kompaniyasining Jahon banki huzuridagi Investitsiya nizolarini hal qilish bo‘yicha xalqaro markazda (ICSID) O‘zbekistonga qarshi arbitraj jarayoni rasman boshlanganligi haqida xabar tarqaldi.

Darhaqiqat, “Humans Mobile PTE LTD” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston davlat organlari va idoralari, shu jumladan Markaziy bankning harakati bilan 2003-yil 15-iyuldagi “Singapur Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida”gi Bitimning ayrim talablari buzilganligi bildirilib, 2025-yil 20-mayda xalqaro markazga O‘zbekistonga nisbatan arbitraj jarayonlarini boshlash uchun ariza kiritilgan.

Da’vogarning arizasi xalqaro arbitraj markazi tomonidan ish yurituviga qabul qilinib hozirda arbitraj nizosini mazmunan ko‘rib chiqishga tayyorlash bosqichida ekanligi bildirilgan holda, ish jarayonlaridan kelib chiqib qo‘shimcha tafsilotlar berib borilishi ma’lum qilinadi.

“Maroqand” AJ to‘lov tashkilotida fuqarolarning pullari qonunchilikda savdosi va xizmat ko‘rsatilishi taqiqlangan xizmatlarga (qimor o‘yinlar) o‘tkazilganligi sababli, ushbu to‘lov tashkilotining ayrim to‘lov xizmatlarini amalga oshirishi 2024-yil 25-sentabrdan boshlab olti oy muddatga cheklangan hamda to‘lov tashkiloti faoliyatida aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling