Valyuta kurslari 09/01/2026
$1 – 12109.02
UZS – 0,63%
€1 – 14139.70
UZS – 0,56%
₽1 – 150.31
UZS – 0,68%
Qidirish
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba

Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba

Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq foydalanuvchining qariyb 7 mlrd so‘m mablag‘i o‘g‘irlangan. Bu haqda Kun.uz manbasi maʼlum qildi.

O‘g‘irlik 2025 yil dekabr oyi boshida ro‘y bergan, o‘shanda Humans kompaniyasi va Paylov to‘lov xizmati bir-birini ayblab bayonotlar bergandi.

4 mlndan 100 mln so‘mgacha. Humans ilovasi orqali o‘g‘irlangan pullarni kim to‘laydi?

7 yanvar kuni Markaziy bank Humans kompaniyasiga to‘lov xizmatlarini taqdim etgan “Octogram” AJ (Paylov savdo belgisi) to‘lov tashkilotida tekshiruv yakunlanganini maʼlum qildi.

Tekshiruv natijalari bo‘yicha tuzilgan maʼlumotnoma Ichki ishlar vazirligiga huquqiy baho berish va o‘z vakolati doirasida choralar ko‘rish uchun taqdim etilgan.

Markaziy bankka ko‘ra, jabrlanuvchilar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishi kerak.

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning Kun.uz‘ga maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling