“HUGGIES” tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish holati bo‘yicha chora ko‘rildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga “Kimberly-Clark” MCHJdan kelib tushgan murojaat asosida, “Ahangaron Hygienic Pro” MCHJning “HUGGIES” tovar belgisidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Mazkur o‘rganishlar davomida “Ahangaron Hygienic Pro” MCHJ haqiqatdan ham “Kimberly-Clark” MCHJga tegishli tovar belgisidan foydalangan va uning obro‘siga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgani aniqlandi.
Shu munosabat bilan korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holati yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, bunday holatlarni kelgusida takrorlanmasligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.