“Hududgaztaʼminot” AJ va Janubiy Koreyaning E&CO kompaniyasi hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻymoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Hududgaztaʼminot” AJ va Janubiy Koreyaning E&CO kompaniyasi oʻrtasida gaz taʼminotida zamonaviy tizimlarni joriy etish loyihasi boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Ushbu kompaniya gaz infratuzilmasi va kriogen texnologiyalar sohasida koʻp yillik tajribaga ega boʻlib, mazkur yoʻnalishda Indoneziya, Vyetnam va Misr kabi mamlakatlarda yirik loyihalarni amalga oshirgan.
Uchrashuv chogʻida kompaniya Oʻzbekistonda Koreya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan dastur doirasidagi grant asosida pilot loyiha amalga oshirish taklifini bildirdi. Loyiha doirasida aholi va ishlab chiqarish obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash imkonini beruvchi kichik hajmli suyultirilgan tabiiy gaz (STG) saqlash va qayta gazga aylantirish majmualari qurilishi nazarda tutilgan.
Tomonlar mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olishdi.