Hu:Corp o‘zbek yoshlarini AT, gaming, kontent yaratish va boshqa sohalarga o‘qitib Koreya bozoriga eksportni yo‘lga qo‘yadi
Hu:Corp o‘zbek yoshlarini AT, gaming, kontent yaratish va boshqa sohalarga o‘qitib Koreya bozoriga eksportni yo‘lga qo‘yadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Hu:Corp” kompaniyasi O‘zbekistonda yoshlarni AT, gaming, kontent yaratish va boshqa sohalarga o‘qitib Koreya bozoriga eksportni yo‘lga qo‘yadi.
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Koreyaning “Hu:Corp” MChJ rahbari Kim Shi bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama ta’lim va AT xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlikni muhokama qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda Koreyaning yetakchi universitetlari o‘quv kampuslarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, raqamli ta’limni rivojlantirish tizimlarini joriy etishga investitsiya kiritish hamda Koreyaning ilg‘or AT akademiyalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishildi.