Valyuta kurslari 21/01/2026
$1 – 12073.29
UZS – 0,18%
€1 – 14158.35
UZS – 1,07%
₽1 – 155.16
UZS – 0,3%
Qidirish
Hokim yordamchisi va kadastr ishchisining noqonuniy harakatlari fosh bo‘ldi

Hokim yordamchisi va kadastr ishchisining noqonuniy harakatlari fosh bo‘ldi

Hokim yordamchisi va kadastr ishchisining noqonuniy harakatlari fosh bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati Pop tumani hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi 1988 y.t. fuqaroga 49 yil muddatga dehqon xo‘jaligi bilan shug‘ullanish uchun ajratib berilgan 30 sotix yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib, uning 6 sotix qismida qurilgan uy-joy uchun tegishli kadastr hujjatlarini tayyorlatib berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi oldindan 1000 AQSH dollarini o‘zining 1990 y.t. tanishi orqali olgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa Davlat kadastrlari palatasining Pop tuman filiali ishchisi davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydoni va unda qurilgan uy-joyni o‘zining mansabdor tanishlari orqali shaxsiy mulk sifatida fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 900 AQSH dollari va 4,8 mln so‘m olgan vaqtida DXX, IIV va IJQKD xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda kadastr ishchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling