Valyuta kurslari 23/09/2025
$1 – 12257.13
UZS – -0,75%
€1 – 14434.00
UZS – -0,62%
₽1 – 146.69
UZS – -0,99%
Qidirish
Hokim yordamchisi, muhandis va qishloq xo‘jaligi masʼuliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hokim yordamchisi, muhandis va qishloq xo‘jaligi masʼuliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hokim yordamchisi, muhandis va qishloq xo‘jaligi masʼuliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda 1996 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali tuman hokimligi zaxirasidagi 2,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 30 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 29 mln so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u ushbu pul mablag‘ini “O‘zdaverloyiha” ilmiy loyihalash institutining “Survilerloyiha” bo‘linmasi muhandisi hamda Sariosiyo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi shoʻba boshlig‘iga berishi kerakligi maʼlum bo‘ldi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, muhandis va shoʻba boshlig‘i ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling