Hokim Erkinjon Turdimov yaponiyalik hamkorlar bilan qishloq xoʻjaligi va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildi
Hokim Erkinjon Turdimov yaponiyalik hamkorlar bilan qishloq xoʻjaligi va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda Tokio shahrida bo‘lib turgan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasi Yaponiyaning yetakchi kompaniya va korporatsiyalari rahbarlari bilan qator samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Mazkur muloqotlar ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yangi qo‘shma tashabbuslar uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda.
Navbatdagi uchrashuvlar Yaponiyadagi elchixonamiz tashabbusi bilan Phytopharma, New Silk Way Inc, Aomori Nousan, Sozo Kobo Co., Ltd., Washin Trading hamda Onodera User Run kompaniyalari rahbarlari bilan o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, savdo-logistika va xizmatlar sohalarida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, texnologiya va tajriba almashish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Muloqotlar yakunida hamkorlikni tizimli ravishda davom ettirish, aniq loyiha takliflarini ishlab chiqish va amaliy qadamlarga o‘tish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.