Hindistondan Italiyagacha: O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan TOP-20 davlat fuqarolari
Hindistondan Italiyagacha: O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan TOP-20 davlat fuqarolari
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 37,2 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 54,3 foizga oshgan bo‘lib, bu xorijliklar orasida mamlakatning taʼlim imkoniyatlariga qiziqish sezilarli darajada ortganini ko‘rsatadi.
Eng ko‘p talabalar Hindistondan kelgan — 16,3 ming nafar. Ikkinchi o‘rinda Turkmaniston 8,9 ming fuqaro bilan qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston — 2,7 ming, Pokiston — 1,7 ming va Xitoy — 1,4 ming nafar bilan egallagan.
Janubiy Koreyadan 870 nafar, Qirg‘izistondan esa 823 nafar fuqaroning O‘zbekistonga taʼlim olish uchun kelgani qayd etilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonga taʼlim olish maqsadida kelgan fuqarolar soni bo‘yicha ilk yigirmatalikka Misr 737 nafar talaba bilan, Filippin — 501 nafar, AQSH — 464 nafar va Turkiya — 357 nafar bilan kirgan.
Keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston — 291 nafar, Iordaniya — 194 nafar, Buyuk Britaniya — 179 nafar va Rossiya — 164 nafar fuqaro qayd etilgan.
Afrika va Yaqin Sharq davlatlari orasida JARdan 155 nafar, Erondan esa 115 nafar talaba kelgani maʼlum qilingan.
Ro‘yxatni Qozog‘iston 113 nafar, Bangladesh 97 nafar va Italiya 94 nafar o‘quvchi bilan yakunlab bergan.