Valyuta kurslari 07/10/2025
$1 – 12022.90
UZS – -0,31%
€1 – 14025.92
UZS – -0,92%
₽1 – 144.75
UZS – -1,51%
Qidirish
Hindistonda bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan dori O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan

Hindistonda bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan dori O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan

Hindistonda bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan dori O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtik mahsulotlar xavfsizligi markazi maʼlum qilishicha, Hindistonning Sresan Pharma kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Coldrif” nomli dori vositasi O‘zbekiston Respublikasining dori vositalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.

Bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda ushbu dori vositasini qo‘llash ortidan Hindistonda bolalarning vafot etgani haqida maʼlumotlar tarqalgan edi.

Markaz taʼkidlashicha, O‘zbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmatsevtik faoliyat to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, tibbiyot amaliyotida dori vositalari, tibbiy buyumlar va jihozlardan foydalanish faqat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘nggina ruxsat etiladi.

Shuningdek, “Coldrif” preparati O‘zbekiston hududida qo‘llanishga ruxsat etilmagan hamda ichki farmatsevtika bozorida muomalada emas.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling