Hibsga olish to'g'risidagi qonun deputatlar tomonidan ikkinchi o'qishda qabul qilindi
Hibsga olish to'g'risidagi qonun deputatlar tomonidan ikkinchi o'qishda qabul qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi bilan tergov hibsxonalarida ushlab turilgan va qamoqqa olingan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan normalarni takomillashtirish taklif etilmoqda.
Xususan, dam olish kunlari va ishlamaydigan bayram kunlarida qo‘shimcha sayr qilish hamda yaqin qarindoshlari va boshqa shaxslardan kiyim-bosh va poyabzal olish huquqlarini berish, har oyda oziq-ovqat va eng zarur narsalarni sotib olish uchun ruxsat etilgan pul miqdorini oshirishga oid normalar qonun loyihasida aks etmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi qamoqqa olingan shaxslarni axloqan tuzatish ishlari samaradorligini oshirishga, Konstitutsiya normalarini hayotga samarali tatbiq etishga, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.