Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
Heecheng Construction O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya sohasida investitsiya loyihalarini taklif etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Heecheng Construction Group Co., Ltd.” kompaniyasi rahbari Ma Jengshan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Unda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, energetika sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya neft-gaz, kimyo sanoatlari, qurilish va o‘rnatish sohalarida faoliyat yuritadi, shuningdek, yangi energiya manbalarini, jumladan, shamol va quyosh energiyasini ishlab chiqarish, energiya saqlash texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ham ko‘plab loyihalarni amalga oshiradi.

Xitoylik investorlar tomonidan viloyatimizda shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish takliflari bildirildi.

Uchrashuv yakunida investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling