Valyuta kurslari 27/02/2026
$1 – 12136.57
UZS – -0,0%
€1 – 14318.73
UZS – 0,08%
₽1 – 157.70
UZS – -0,52%
Qidirish
Havo hududining vaqtincha yopilishi aviareyslarning ortga qaytishiga sabab bo‘ldi

Havo hududining vaqtincha yopilishi aviareyslarning ortga qaytishiga sabab bo‘ldi

Havo hududining vaqtincha yopilishi aviareyslarning ortga qaytishiga sabab bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Eron va Isroil havo hududining vaqtincha yopilishi munosabati bilan (Toshkent vaqti bilan taxminan soat 11:30 dan 17:00 gacha) bir qator xalqaro aviareyslar jo‘nab ketgan aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi, deb xabar qiladi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

7Q4461 (Fly One Asia): Andijon – Madina yo‘nalishida uchgan reys Andijon aeroportiga qaytdi.

7Q342 (Fly One Asia): Madina – Toshkent yo‘nalishida uchgan reys Madina aeroportiga qaytdi.

HH901 (Qanot Sharq ): Toshkent – Dubay yo‘nalishidagi reys Toshkent aeroportiga qaytdi.

2U7 (Fly Khiva): Madina – Andijon yo‘nalishida uchgan samolyot Madina aeroportiga qaytdi.

9S3 (Air Samarkand): Jidda - Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyot Jidda aeroportiga qaytdi.

Reyslarning qaytarilishi yo‘lovchilar va ekipaj aʼzolarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida amalga oshirildi. Aviakompaniyalar vaziyatni kuzatib borishda davom etmoqda va jadvaldagi keyingi o‘zgarishlar haqida yo‘lovchilarni xabardor qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling