Hasanboy Doʻsmatov professional boksda navbatdagi gʻalabasiga erishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov professional faoliyatidagi yettinchi jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Filippinlik bokschi Mark Antonio bilan jang Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib o‘tdi va 8 raund to'liq davom etdi.
Jang yakunida hakamlar bir ovozdan g‘alabani o‘zbekistonlik sportchiga berishdi va bu bilan uning professional boksdagi benuqson statistikasini mustahkamladi.