Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish tartibi belgilandi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish tartibi belgilandi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida o‘qishga oid idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3808, 08.04.2026 y.).

Mazkur hujjat bilan Institutda mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek Institutning magistratura va klinik ordinaturasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishni tashkil etish tartibi belgilanmoqda.

Unga ko‘ra, tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlab chiqarishdan ajralgan holda hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi.

Tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv reja va o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi.

Kurslar Institut bilan kelishilgan holda buyurtmachi tomonidan tuziladigan taqsimot-rejalarga asosan tashkil etiladi.

Tinglovchilar qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida Institut bilan shartnomaga muvofiq to‘lov asosida o‘qitiladi.

Sinov imtihonlari oraliq va yakuniy nazorat turlaridan iborat bo‘lib, test shaklida o‘tkaziladi.

Tinglovchilarning o‘zlashtirishi 100 ballik tizim asosida baholanadi.

Institut tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga sertifikat taqdim etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling