Valyuta kurslari 05/03/2026
$1 – 12179.81
UZS – -0,25%
€1 – 14139.54
UZS – -0,22%
₽1 – 156.73
UZS – -0,51%
Qidirish
Halyk Bank va Tenge Bank Qozogʻistonning POS tarmogʻida Oʻzbekiston aholisi uchun HUMO karta toʻlovlarini yoʻlga qoʻyd

Halyk Bank va Tenge Bank Qozogʻistonning POS tarmogʻida Oʻzbekiston aholisi uchun HUMO karta toʻlovlarini yoʻlga qoʻyd

Halyk Bank va Tenge Bank Qozogʻistonning POS tarmogʻida Oʻzbekiston aholisi uchun HUMO karta toʻlovlarini yoʻlga qoʻyd

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Halyk Bank va uning O‘zbekistondagi Tenge Bank sho‘ba banki HUMO milliy to‘lov tizimi bilan birgalikda HUMO kartalari sohiblariga Qozog‘istonda Halyk Bank POS-terminallari orqali xaridlar va xizmatlar uchun to‘lov qilish imkonini beruvchi servisni ishga tushirdi.

Endilikda O‘zbekiston aholisi Qozog‘istonning eng yirik POS-tarmog‘ida valyuta ayirboshlash va naqd mablag‘ yechib olish zaruratisiz HUMO kartalari bilan to‘lov qilishlari mumkin. To‘lov o‘zbek so‘mida, avtomatik konvertatsiya bilan amalga oshadi, tranzaksiya esa real vaqt rejimida qayta ishlanadi. Ham jismoniy, ham raqamli kartalar bilan, jumladan NFC orqali to‘lash imkoniyati mavjud.

Servisning ishga tushirilishi Qozog‘istonga ish, sayyohlik yoki shaxsiy safarlarni amalga oshiruvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun hisob-kitoblarni soddalashtiradi, shuningdek naqd pulsiz to‘lovni qabul qiluvchi biznes uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.

Halyk Bank — rivojlangan POS-terminallar va raqamli servislar tarmog‘iga ega Qozog‘istonning eng yirik universal banki. Bank transchegaraviy to‘lov yechimlarini va Markaziy Osiyoda moliyaviy servislar integratsiyasini faol rivojlantiradi.

Tenge Bank — Halyk’ning O‘zbekistondagi sho‘ba banki bo‘lib, loyihani amalga oshirishda bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘ldi va ikki mamlakat to‘lov yechimlarining texnologik integratsiyasini ta’minlab, chegaraning ikkala tomonidagi mijozlar uchun zamonaviy moliyaviy servislarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling