Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Haj ziyoratini ado etgan ilk yurtdoshlarimiz Toshkentga qaytishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bortida 245 nafar ziyoratchi bo’lgan HY-5304 reysi bilan Jiddadan kelgan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining samolyoti 12-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Kelgan ziyoratchilarni poytaxt aeroportining uchub kelish zalida yaqinlari va qarindoshlari kutib oldi. Voliyatlardan kelgan ziyoratchilarni zal oldida maxsus avtobuslar kutib oldi.
12-30 iyun kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlariga jami 62 ta reys rejalashtirilgan bo‘lib, ularda 15 150 nafar ziyoratchilar Haj safaridan qaytadi.