Valyuta kurslari 18/11/2025
$1 – 12009.92
UZS – -0,25%
€1 – 13933.91
UZS – -0,42%
₽1 – 147.80
UZS – -0,92%
Qidirish
Gʻishtkoʻprik bojxona posti intellektual markazga aylantiriladi

Gʻishtkoʻprik bojxona posti intellektual markazga aylantiriladi

Gʻishtkoʻprik bojxona posti intellektual markazga aylantiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari davom ettirilayotgan “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida bo‘ldi.

Endilikda 9 gektar maydonni qamrab olgan mazkur obyekt shunchaki raqamlashgan post emas, balki intellektual bojxona posti sifatida qayta namoyon bo‘ladi.

Shu vaqtga qadar jismoniy shaxslar uchun tadbiq etilgan ikki yo‘lakli - "yashil" va "qizil" yo‘lak tizim endilikda yengil avtotransport vositalari uchun ham joriy qilinadi.

Buning uchun aynan ushbu postga nafaqat respublikada, balki mintaqada ilk bor yengil avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan "Z portal" skaner majmuasi o‘rnatildi.

Postda navbatlarning oldini olish maqsadida 16 ta avto yo‘lak qurildi, avtobuslar ham alohida yo‘laklarda harakatlanadi.

Natijada, post orqali bir kunda 1500 dan ziyod avtotransport vositalari va 50 ming nafardan ziyod yo‘lovchilar bemalol harakatlanishlari mumkin.

Postda “yashil energiya”dan foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. Quyosh panellari bir vaqtning o‘zida energiya bilan ta’minlaydi va avtoturargoh vazifasini ham o‘taydi.

Qo‘mita Raisi post hududini ko‘kalamzorlashtirishga ham e’tibor qaratdi. Postni qayta qurish jarayonida mavjud daraxtlar saqlab qolindi, buning uchun qurilish loyihalash ishlari daraxtlar joylashuvidan kelib chiqib amalga oshirildi.

Shuningdek, joriy kuzgi mavsumning o‘zida yana 2 mingta ko‘chatlar ekildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling