Valyuta kurslari 29/08/2025
$1 – 12482.38
UZS – 0,56%
€1 – 14540.72
UZS – 1,07%
₽1 – 155.23
UZS – 0,62%
Qidirish
Gvardiola “Brayton”ga qarshi mag‘lubiatga qaramay, Xusanovning harakatlaridan mamnun

Gvardiola “Brayton”ga qarshi mag‘lubiatga qaramay, Xusanovning harakatlaridan mamnun

Gvardiola “Brayton”ga qarshi mag‘lubiatga qaramay, Xusanovning harakatlaridan mamnun

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola joriy mavsumda o‘zbek himoyachisi Abdukodir Xusanovning ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushishi haqida fikr bildirdi va uning “Brayton”ga qarshi o‘yinini baholadi.

Xusanov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi, ammo uchrashuvning yakuniga yaqin jarohat olgani sababli maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Shuning ortidan “Brayton” 89-daqiqada Brayan Grudaning goli evaziga g‘alaba qozondi.

Gvardiolaning so‘zlariga ko‘ra, gol urilishining asosiy sababi futbolchilarning charchashi bo‘lgan: «Bu charchoq bilan bog‘liq, — dedi u. — Biz o‘sha paytda hujum qilayotgan edik va bosim o‘tqazayotgan edik, ammo masofa qisqa bo‘ldi, biz qanotni yopmadik va raqiblar o‘z tezligidan foydalandi. Xusanov bunga qarshi kurasha olardi, chunki u juda tezkor, ammo afsuski, zarba olib jarohatlandi va o‘yinni davom ettira olmadi».

Ispaniyalik mutaxassis jamoa va yangi futbolchining harakatlaridan umuman mamnunligini qayd etdi: «Biz yuqori pressingda yaxshi ishladik va to‘pni tezda qaytarib oldik. O‘sha epizod so‘nggi daqiqalarda sodir bo‘ldi, o‘sha vaqtda yigitlar charchagan edi va ortga qaytib ishlash kerak bo‘lardi. O‘ylaymanki, Xusanov bilan hammasini yaxshi bo‘ladi».

2025 yil 31 avgust kuni Angliya Premyer-ligasining 3-turida «Manchester Siti» “Brayton”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling