Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Gruziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelmoqda
Surat: Gruziya hukumati
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 4-5-mart kunlari Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keladi.
Tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgan.