Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili rasman joriy etildi

Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili rasman joriy etildi

Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili rasman joriy etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Sun'iy intellekt davrida yetakchilik: strategiya va innovatsiya” panel sessiyasida muhim yangilik e’lon qilindi. Muhokama ishtirokchilari qatorida bo‘lgan Google Cloudning hukumatlar bilan aloqalar va davlat siyosati bo‘yicha rahbari Marina Junich Google Gemini platformasi endi o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi.

Ushbu yangilik O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, mahalliy mutaxassislar, tadbirkorlar va aholi uchun zamonaviy AI yechimlaridan ona tilida foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Tadbirda shuningdek, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellekt sohasidagi global tendensiyalar va xalqaro hamkorlik masalalari ham keng muhokama qilinmoqda.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling