Gomel viloyati delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Gomel viloyati delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Belarus Respublikasining Gomel viloyati delegatsiyasi viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi Ivan Krupko boshchiligida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibidan yirik sanoat korxonalari va xoldinglar vakillari o‘rin olgan.
Toshkent aeroportida delegatsiyani Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Ogorodnikov kutib oldi.
Tashrif doirasida mazmunli va sermazmun dastur rejalashtirilgan.
Janubi-sharqiy hudud vakillari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidagi hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, biznes-forumda ishtirok etadi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi.