Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
Golden House isteʼmolchilar huquqlarini buzgani uchun qonunbuzarliklarni bartaraf etishga majbur etildi

Golden House isteʼmolchilar huquqlarini buzgani uchun qonunbuzarliklarni bartaraf etishga majbur etildi

Golden House isteʼmolchilar huquqlarini buzgani uchun qonunbuzarliklarni bartaraf etishga majbur etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Golden House Property Group” MCHJ aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish haqida ko‘rsatma oldi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning «Tanqid uchun jarima undirilishi qonuniymi?» degan savoli bilan chiqishi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Jumladan, ushbu murojaatda “Agar isteʼmolchi o‘z tashabbusi bilan shartnomani bekor qilsa, qurilish tashkiloti to‘langan mablag‘ning yoki shartnoma qiymatining 10 foizi miqdoridagi summani jarima sifatida ushlab qolish huquqiga egaligi, shuningdek, mijozlar bu quruvchi korxona ustidan hatto murojaat qilingan taqdirda uning ishchanligi va obro‘siga putur yetkazilgan deya yana unga jarima qo‘llanishi” ham bildirilgan.

Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda “GOLDEN HOUSE” kompaniyasi tomonidan ulush kiritish asosida ko‘p qavatli uydan xonadon xarid qilish shartnomasi shartlarida isteʼmolchi o‘z tashabbusi bilan shartnomani bekor qilgan taqdirda hamda ushbu kompaniya faoliyatiga nisbatan norozilik bildirib OAV, tegishli idora va tashkilotlarga murojaat qilinishiga ham shartnoma qiymatining 10 foizi miqdoridagi summani jarima sifatida ushlab qolinishi isteʼmolchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan shartlardan biri ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 6, 21 va 23-moddalari talablari asosida “Golden House Property Group” MCHJga qonun buzilishi holatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish choralarini ko‘rishi yuzasidan belgilangan tartibda ko‘rsatma berildi.

Eslatib o‘tilishicha, Tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga asosan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari raqobat to‘g‘risidagi va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi shart.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling