Valyuta kurslari 04/11/2025
$1 – 11972.34
UZS – -0,27%
€1 – 13786.15
UZS – -0,81%
₽1 – 147.79
UZS – -0,52%
Qidirish
Global muloqot markazida: O‘zbekiston ijtimoiy himoya bo‘yicha ilg‘or tajriba bilan qatnashadi

Global muloqot markazida: O‘zbekiston ijtimoiy himoya bo‘yicha ilg‘or tajriba bilan qatnashadi

Global muloqot markazida: O‘zbekiston ijtimoiy himoya bo‘yicha ilg‘or tajriba bilan qatnashadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarda bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi Jahon ijtimoiy rivojlanish Sammitida ishtirok etadi

Sammit doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi “O‘zbekiston — ochiq eshiklar mamlakati” nomli milliy ko’rgazma stendni taqdim etadi.

Bu yirik interfaol ekspozitsiya bo‘lib, unda so‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoya, ta’lim, sog’liqni saqlash, kabi sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni yagona oynada jamlagan tizimning imkoniyatlari namoyish etmoqda.

Shuningdek, Agentlik bir qator mamlakatlar ishtirokida xalqaro maxsus tadbirni tashkil etadi. Ushbu maydonda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ko‘mak bo‘yicha global chaqiriqlar, ilg‘or yechimlar, shuningdek, O‘zbekistonning inklyuziv va adolatli ijtimoiy himoya tizimi bo‘yicha tajribasi muhokama qilinadi.

O‘zbekiston ushbu yo‘nalishda sezilarli natijalarga erishmoqda. Sammitda ishtirok etish — mamlakatimiz tajribasini dunyoga namoyish etish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va har bir insonni qo‘llab-quvvatlash borasidagi global muloqotni davom ettirish uchun muhim imkoniyatdir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling