Valyuta kurslari 27/11/2025
$1 – 11881.60
UZS – -0,46%
€1 – 13749.39
UZS – -0,14%
₽1 – 151.05
UZS – -0,34%
Qidirish
Global Darvoza: Trans-Kaspiy Transport Yo‘lagi va Ozaro Bog‘liqlik bo‘yicha

Global Darvoza: Trans-Kaspiy Transport Yo‘lagi va Ozaro Bog‘liqlik bo‘yicha

Global Darvoza: Trans-Kaspiy Transport Yo‘lagi va Ozaro Bog‘liqlik bo‘yicha

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Trans-Kaspiy Transport Yo‘lagi (TKTY) va Ozaro Bog‘liqlik bo‘yicha Investorlаr Forumi Yevropa Ittifoqi, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari, Turkiya, xalqaro rivojlanish banklari, xususiy sektor va mintaqaviy hamkorlar tomonidan kuchli siyosiy iroda namoyishi bilan yakunlandi.

Forum Global Darvoza strategiyasi qanday qilib konsepsiyadan amaliy natijaga aylanayotganini ko‘rsatdi va transport aloqalarini mustahkamlash, savdo oqimlarini yaxshilash hamda barqaror, bardoshli va o‘zaro bog‘langan mintaqani shakllantirishga qaratilgan yangi investitsiyalar xaqida bayonot qildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar TKTYning Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi tez, xavfsiz va ishonchli yo‘l sifatidagi strategik ahamiyatini yana bir bor tasdiqladilar. Munozaralar transport va savdo sohasida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni Janubiy Kavkaz va Qora dengiz mintaqasi orqali mustahkamlash, shuningdek energetika va raqamli bog‘liqlik bo‘yicha hamkorlikka qaratildi. Ishtirokchilar transportdagi to‘siqlarni bartaraf etish, tartiblarni uyg‘unlashtirish va yuqori ta’sirga ega infratuzilma loyihalarini kengaytirish uchun muvofiqlashtirilgan choralar zarurligini ta’kidladilar.

Yevropa Komissiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Síkela shunday dedi: “O‘tgan yili biz Trans-Kaspiy Yo‘lagini tezlashtirishga kelishib olgan edik. Bugun esa aniq natijalarni ko‘rsatishimiz mumkin. Yangi kelishuvlar portlar, yo‘llar, raqamli tizimlar va biznes uchun zarur sharoitlarga qaratilgan real investitsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ular toza energetika va kritik xomashyo bo‘yicha ham hamkorlikni jadallashtiradi va bu sohalarda Markaziy Osiyo va Yevropaning umumiy manfaatlari yaqqol. Mening fikrim oddiy: biz birga harakat qilsak, bog‘liqlikni mustahkamlovchi va ikki tomon uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratadigan amaliy natijalarni taqdim eta olamiz.”

Yevropa Komissiyasining Kengaytirish bo‘yicha komissari Marta Kos shunday dedi: “Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan ishonchli yo‘nalishlar yo‘lidagi barcha davlatlar uchun geosiyosiy va iqtisodiy yutuqdir. Ko‘pchligimiz ortiqcha bir-biriga qaramlikning qanchalik zaiflik keltirishini boshdan kechirdik. Transport, raqamli va energetika bog‘liqligi bo‘yicha investitsiyalar ko‘proq imkoniyat va kamroq bosim xavfini anglatadi. Biz Shimoliy yo‘lakga uzoq muddatli va ishonchli alternativani yaratishimiz kerak. 2022-yildan buyon O‘rta yo‘lak bo‘ylab yuk oqimi to‘rt baravar oshdi. To‘g‘ri investitsiyalar qilinsa, 2030-yilga borib yana uch baravar oshishi mumkin. Bu Toshkentdagi muhokamalarning asosiy mavzusi bo‘ladi.”

Jozef Síkela va Marta Kos ishtirokida imzolangan ikki tomonlama va mintaqaviy shartnomalar multimodal bog‘liqlikni kuchaytirish, mintaqa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ushbu shartnomalar Yevropa Ittifoqining zamonaviy, barqaror va farovon Markaziy Osiyo taraqqiyotiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi:

Umumiy qiymati 15 million yevroga teng bo‘lgan Yevropa Jamoasi – “Team Europe” dasturi (Yevropa Ittifoqi-GIZ/Expertise France) savdoni yengillashtirish, bojxona samaradorligi, transport tartiblarini uyg‘unlashtirish va multimodal logistika tizimlarini takomillashtiradi. Dastur davlat-xususiy sheriklikga asoslangan rivojlantirish, tarif tizimlari va aktivlar boshqaruvini kuchaytirishni ham qamrab oladi.

TKTY bo‘ylab ustuvor infratuzilma loyihalarini aniqlash, texnik-iqtisodiy asoslar, ekologik baholashlarni o‘z ichiga olgan boshlang‘ich investitsiya paketi. Yevropa Ittifoqi va Jahon banki hamkorligi doirasidagi ushbu tashabbusning umumiy byudjeti 10 million yevro.

Yevropa Ittifoqi , Yevropa Tiklasnish va Taraqqiyot Banki va  tashabbusi transport yo‘laklarini modernizatsiya qilish va past karbonli, iqlimga chidamli infratuzilmaga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash uchun texnik va old-investitsiya tadqiqotlarini moliyalashtiradi. Umumiy byudjet 5 million yevroni tashkil qiladi.

Yevropa Ittifoqining 10,4 million yevrolik granti va Yevropa Tiklasnish va Taraqqiyot Bankining 35 million yevrolik krediti asosida port quvvatini oshirish, energiya tejamkor kranlar o‘rnatish va konteyner qayta ishlashni yaxshilash.

31,7 kilometrlik yo‘lni birinchi kategoriya standartlari darajasiga ko‘tarish orqali Qirg‘iziston–Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, xavfsizlik va tranzit samaradorligini oshirish. Yevropa Ittifoqi hissasi – 15,46 million yevro (YeTTB krediti – 35 million yevro). Qozog‘istonda yo‘l infratuzilmasini ta’mirlash Yevropa Investitsiya Bankining 150 million yevrolik kreditini Yevropa Ittifoqining 8,8 million yevrolik kafolati qo‘llab-quvvatlaydi. Loyiha TKTY uchun strategik ahamiyatga ega hududlarda barqaror yo‘l infratuzilmasini rivojlantiradi.

A-380 avtomobil yo‘lining 87 kilometr qismini modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyiha. Yevropa Investitsiya Banki (YeIB) tomonidan 100 million yevrogacha kredit, Yevropa Ittifoqi tomonidan 6 million yevro kafolat bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

Jahon banki bilan hamkorlikda 21 davlat moliya mutaxassislari uchun tajriba almashish platformasini qo‘llab-quvvatlash. Yevropa Iittifoqi hissasi 1 million yevroni tashkil etadi.

Armanistonning energiya xavfsizligini kuchaytirish uchun KfW, Yevropa investitsiya banki va Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan loyiha. Umumiy qiymati 500 million yevrodan ortiq bo‘lgan loyiha mintaqaviy energetika integratsiyasini mustahkamlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling