Valyuta kurslari 18/12/2025
$1 – 12059.78
UZS – -0,38%
€1 – 14129.24
UZS – -0,73%
₽1 – 150.07
UZS – -1,63%
Qidirish
Giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilindi

Giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilindi

Giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Huquq-tartibot organlari tomonidan ko‘rilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida 2024-yilda 5 ta g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya faoliyati fosh etilgan bo‘lsa, joriy yilning 10 oyida mazkur ko‘rsatkich 12 taga yetgan. Bu esa mavjud tahdidlarni oldini olish va aholi salomatligini himoya qilishda huquqiy ta’sir choralarini yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Xususan, Jinoyat kodeksi aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlarga oid alohida bob bilan to‘ldirilib, aholi salomatligi va genofondiga jiddiy xavf soluvchi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi moddalar kiritilmoqda.

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga narkotiklarning noqonuniy muomalasiga hokimiyat (mansab) vakolatlarini suiiste’mol qilish yo‘li bilan homiylik (rahnamolik) qilish hamda g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash kabi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi normalar belgilanmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga esa giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni jamoat joylarida iste’mol qilganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, bu turdagi jinoyatlarni qayta sodir etilishining oldini olish maqsadida jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholi salomatligini muhofaza qilish, millat genofondini asrash, shuningdek, giyohvand moddalarning qonunga xilof muomalasini cheklashga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishi bilan ahamiyatlidir.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling