Gayane Umerova YUNESKOning yangi bosh direktori Xolid El-Enani bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqandda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova YUNESKOning saylangan Bosh direktori Xolid El-Enani bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning tashkilot bilan hamkorlikda erishgan yutuqlari, xususan, Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaga a’zo bo‘lish, Madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markaziga qo‘shilish, sun’iy idrok odob-axloqi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot hamda YUNESKO va O‘zbekiston madaniy merosi bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi shafeligida Mintaqaviy maktabgacha ta’lim markazini ta’sis etish, mamlakat shaharlarining YUNESKO global tarmoqlaridagi ishtiroki, shuningdek, madaniyat obyektlari va elementlarining YUNESKO xalqaro merosi ro‘yxatlariga kiritilishi munosib qayd etildi.
Uchrashuvda YUNESKOning ta’lim, fan, madaniyat va axborot kabi vakolatli sohalarining barcha yo‘nalishlarida hamk orlikni yanada mustahkamlash hamda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha mushtarak sa’y-harakatlarni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.