Gayane Umerova Art Basel Qatarning yangi madaniy platformalar haqidagi muhokamasida nutq so'zladi
Gayane Umerova Art Basel Qatarning yangi madaniy platformalar haqidagi muhokamasida nutq so'zladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova ilk “Art Basel Qatar” anjumani doirasidagi “Art Basel Conversations” muhokamalar dasturida ishtirok etib, biyennale va madaniy platformalarning yangi shakllariga bag‘ishlangan “Ruboiy, Buxoro va Jau: yangi platformalar, yangi imkoniyatlar” mavzusidagi sho‘ba muhokamasida so‘zga chiqdi.
Muhokamada “Rubaiya Qatar” jamg‘armasi direktori shayx Alanud Ol Soniy, “Jaou Tunis” biyennalesi asoschisi va Kamel Lazaar jamg‘armasi vitse-prezidenti Lina Lazar ham ishtirok etdilar.
Munozarani Qatardagi Virjiniya Hamdo‘stlik universiteti qoshidagi San’atshunoslik maktabi dekani Amir Berbich olib bordi.
Muhokama davomida Buxoro biyennalesi uzoq muddatli rivojlanish va mahalliy kontekstga hamohang faoliyat yuritishga asoslangan barqaror institutsional model hamda zamonaviy madaniy muassasalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Jamg‘arma ekotizimining bir qismi sifatida taqdim etildi.