Valyuta kurslari 05/02/2026
$1 – 12265.77
UZS – 0,06%
€1 – 14492.01
UZS – 0,26%
₽1 – 159.07
UZS – -0,26%
Qidirish
Gayane Umerova Art Basel Qatar 2026 ko'rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi

Gayane Umerova Art Basel Qatar 2026 ko'rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi

Gayane Umerova Art Basel Qatar 2026 ko'rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dohada O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova “Art Basel Qatar 2026” — “Art Basel”ning ilk jahon ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi.

84 ta badiiy loyihalar taqdim etilgan 31 mamlakat va hududdan keltirilgan 87 ta galereyani birlashtirgan ushbu ko‘rgazmada zamonaviy san’atning keng ko‘lamli ovozlari namoyish etildi.

Tadbir Dohaning M7 va kengroq “Msheireb Downtown” hududida “Becoming” nomli konseptual g‘oya ostida bo‘lib o‘tdi.

Qatar muzeylari raisi shayx Ol Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyning strategik qarashlari sharofati bilan Qatar doimiy ravishda Fors ko‘rfazi mintaqasining xalqaro madaniy markaz sifatida tobora qaror topib bormoqda.

“Art Basel Qatar” zamonaviy san’at va shahar muhiti o‘rtasidagi uzluksiz muloqotni rag‘batlantiruvchi, muayyan makon uchun maxsus yaratilgan mualliflik taqdimotlari va asarlari atrofida qurulgan ekspozitsiyaning yangi modelini san’at ixlosmandlari e’tiboriga havola etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling