Valyuta kurslari 23/10/2025
$1 – 12101.29
UZS – 0,75%
€1 – 14031.45
UZS – 0,53%
₽1 – 148.01
UZS – -0,05%
Qidirish
“Gastro Forum 2025”: O‘zbekiston gastroturizm salohiyati taqdim etildi

“Gastro Forum 2025”: O‘zbekiston gastroturizm salohiyati taqdim etildi

“Gastro Forum 2025”: O‘zbekiston gastroturizm salohiyati taqdim etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 22-oktyabr kuni Toshkent shahrida “Horeca Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “Gastro Forum 2025” gastronomik forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumning markaziy voqeasi ikki karra Mishlen yulduzi sohibi, fransuz oshpazi Jan Ashnerning nutqi bo‘ldi. U ilk bor O‘zbekistonda o‘z kulinariya falsafasi bilan o‘rtoqlashib, yuqori darajadagi taomlarni tayyorlash prinsiplari, xizmat ko‘rsatish standartlari va gastronomiyada barqarorlikning ahamiyati haqida so‘zladi. Uning ma’ruzasi sohaning mutaxassislari va keng jamoatchilik e’tiborini o‘ziga jalb etdi.

“Gastro Forum 2025” doirasida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan yetakchi oshpazlaridan mahorat darslari, restoran biznesining zamonaviy tendensiyalari va imkoniyatlarini muhokama qiluvchi davra suhbatlari, shuningdek, mehmondo‘stlik sohasidagi yangi mahsulotlar va texnologiyalarning taqdimotlari o‘tkazildi. Mahalliy taomlarni rivojlantirish va milliy an’analarni zamonaviy gastronomiya bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Forumda “Gastronomiya – Turizm va biznes harakatlantiruvchi kuch”, “Gastronomiya sanoatida franchayzing: o‘sish imkoniyatlari”, “Ta’m kelajagi: yangi avlod gastronomik loyihalarini qurish” mavzularida o‘tkazilgan sessiyalarda restoranchilar va menejerlar, oshpazlar va kulinariya mutaxassislari, yetkazib beruvchilar va investorlar, turizm va mehmonxona sohasi vakillari, blogerlar, F&B soha marketologlari o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Forum O‘zbekistonda gastronomik madaniyat va mehmondo‘stlik sohasini rivojlantirish, shuningdek, uning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga hissa qo‘shadigan muhim voqea bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling