Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 17/05/2025 FVV xodimlari quduqqa tushib ketgan 7 yoshli bolani qutqarishdi

FVV xodimlari quduqqa tushib ketgan 7 yoshli bolani qutqarishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Andijon viloyatida 7 yoshli bolani chuqur quduqdan omon-eson qutqarib qolishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 2024 yil 16 may kuni soat 11:00 larda Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Ibn Sino” mahallasining Maktub ko‘chasida sodir bo‘lgan. Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, o‘sha hududda yashovchi fuqarolardan birining o‘g‘li hovlidagi foydalanilmayotgan quduqqa tushib ketgan. Quduqning chuqurligi 40 metrni, kengligi esa bor-yo‘g‘i 90 santimetrni tashkil etgan. Quduq suvsiz bo‘lgan va uning og‘zi yopilmagan.

Voqea joyiga FVVning qutqaruvchilari tezkor ravishda yetib borishgan. Ular maxsus texnika va jihozlar yordamida qutqaruv operatsiyasini amalga oshirishgan. Natijada bola omon-eson ravishda tor quduqdan chiqarilgan.

Hozirda bola shifokorlar nazorati ostida.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling