Valyuta kurslari 26/01/2026
$1 – 12084.95
UZS – -0,43%
€1 – 14182.90
UZS – -0,06%
₽1 – 159.31
UZS – -0,43%
Qidirish
FVV qutqaruvchilari Jizzax viloyatida qor bo‘ronida qolib ketgan fuqarolarni evakuatsiya qildi

FVV qutqaruvchilari Jizzax viloyatida qor bo‘ronida qolib ketgan fuqarolarni evakuatsiya qildi

FVV qutqaruvchilari Jizzax viloyatida qor bo‘ronida qolib ketgan fuqarolarni evakuatsiya qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 24 yanvaridan 25 yanvariga o‘tar kechasi Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Forish tumanidagi «Qoraobdol ota» mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida kuchli shamol va qor bo‘roni oqibatida bir nechta transport vositalarining harakati qiyinlashgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar beradi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

Haydovchilar va yo‘lovchilar murakkab vaziyatda qolib ketgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan FVVning qutqaruv bo‘linmalari yo‘naltirildi.

Maxsus texnika yordamida favqulodda xizmat xodimlari noqulay ob-havo sharoiti tufayli transport vositalari to‘silib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatib, ularni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi.

Hodisa natijasida jabrlanganlar qayd etilmadi. Vaziyat tezkor ravishda nazoratga olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling