FVV Qamchiq dovonida yuk mashinasi yong‘inini bartaraf etdi

FVV Qamchiq dovonida yuk mashinasi yong‘inini bartaraf etdi

FVV Qamchiq dovonida yuk mashinasi yong‘inini bartaraf etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 11 aprel kuni soat 15:43 da “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasiga A-373 avtomobil yo‘li orqali «Toshkent — Farg‘ona vodiysi» yo‘nalishida harakatlanayotgan Iveco rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushdi.

Hodisa joyiga zudlik bilan ikki qutqaruv bo‘linmasi yuborildi. FVV maʼlumotiga ko‘ra, qutqaruvchilar soat 15:53 da yetib kelgan, shundan so‘ng yong‘in 15:55 da lokalizatsiya qilingan va 16:00 ga kelib to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida yuk avtomobili kabinasi to‘liq yonib ketgan, shuningdek, tirkamaning bir qismi shikastlangan. Shu bilan birga, qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli transport vositasining tirkama qismi taxminan 90 foizi saqlab qolingan.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling