Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
FVV: Buxoro viloyatida turar joyda gaz-havo aralashmasi portlashi sodir bo‘ldi

FVV: Buxoro viloyatida turar joyda gaz-havo aralashmasi portlashi sodir bo‘ldi

FVV: Buxoro viloyatida turar joyda gaz-havo aralashmasi portlashi sodir bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 31 yanvar kuni soat 08:23 da “112” tizimi orqali Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Tinchlik” mahallasi Shorobod ko‘chasida joylashgan ikki qavatli turar joy binolaridan birida gaz-havo aralashmasi portlagani haqida Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqarmaga xabar kelib tushdi.

Hodisa joyiga tezkor tarzda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari hamda boshqa tegishli xizmatlar yetib bordi.

Ayni vaqtda hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, voqeaga gaz plitasidan foydalanish jarayonida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

Hodisa natijasida ikki nafar fuqaro jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Qurbonlar yo‘q, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling