Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
Fuqarolarning davlat hisobidan yuridik yordam olish kafolatlari kuchaytirilmoqda

Fuqarolarning davlat hisobidan yuridik yordam olish kafolatlari kuchaytirilmoqda

Fuqarolarning davlat hisobidan yuridik yordam olish kafolatlari kuchaytirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning 11-yalpi majlisida “Kam taʼminlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga hamda ularning malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu Qonun ham mazkur islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligi belgilangan.

Lekin kam taʼminlangan shaxslar Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilganda ularga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish amaldagi qonunda o‘z aksini topmagan.

Mazkur Qonun to‘liq yoki qisman davlat hisobidan ko‘rsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordam ko‘rsatishni yana-da takomillashtirishni nazarda tutadi. Jumladan:

– Konstitutsiyaviy sud shikoyat bilan murojaat etgan fuqaroning iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash choralarini ko‘radi;

– kam taʼminlangan shaxslar, agar ular muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy sudga murojaat etsalar, ular davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Qonunning qabul qilinishi Konstitutsiyaning 55-moddasida belgilangan – har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli degan normaning ijro qilinishiga, fuqarolarning qonunlarda buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tiklash yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyatining kengayishiga xizmat qilishi senatorlar tomonidan qayd etildi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling