Valyuta kurslari 04/02/2026
$1 – 12258.38
UZS – 0,13%
€1 – 14455.08
UZS – -0,47%
₽1 – 159.49
UZS – -0,26%
Qidirish
“Fruit Logistica 2026”: O‘zbekiston mahsulotlari jahon bozorida

“Fruit Logistica 2026”: O‘zbekiston mahsulotlari jahon bozorida

“Fruit Logistica 2026”: O‘zbekiston mahsulotlari jahon bozorida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4 fevral kuni Germaniyaning Berlin shahrida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi dunyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri — “Fruit Logistica 2026” boshlandi.

Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” yagona milliy stendida mamlakatimizning agrosanoat salohiyati keng namoyish etilmoqda.

Milliy ekspozitsiyada 20 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona o‘z mahsulotlarini xalqaro xaridorlar va potensial hamkorlarga taqdim etmoqda.

Ushbu ishtirok yangi eksport bozorlarini ochish, xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish va “Made in Uzbekistan” brendini jahon miqyosida mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ko‘rgazma 6 fevral kuniga qadar davom etib, O‘zbekiston pavilyoni “Messe Berlin” ko‘rgazma markazining Hall 22/E50 stendida joylashgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling