Valyuta kurslari 04/02/2026
$1 – 12258.38
UZS – 0,13%
€1 – 14455.08
UZS – -0,47%
₽1 – 159.49
UZS – -0,26%
Qidirish
Fransiyaning POMA kompaniyasi Namangan viloyatida kanat yo'llari qurishni taklif qildi

Fransiyaning POMA kompaniyasi Namangan viloyatida kanat yo'llari qurishni taklif qildi

Fransiyaning POMA kompaniyasi Namangan viloyatida kanat yo'llari qurishni taklif qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Fransiyaning POMA kompaniyasi vakillari Namangan viloyatining tog‘li va turistik hududlarida kanatli yo‘llar barpo etish taklifi bilan keldi.

POMA S.A.S. — fransuz kompaniyasi bo‘lib, kabelli transport tizimlarini loyihalash, ishlab chiqarish, o‘rnatish, ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Bunday tizimlar turistlar, aholi va sanoat uchun ekologik toza, qulay va barqaror transport yechimlari hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab 90 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi, hozirga qadar 8 mingdan ortiq kabelli transport tizimlarini o‘rnatgan.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov POMA kompaniyasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha menejeri Anton Chudayevni qabul qildi.

O‘zaro muloqotda Namangan viloyatining tog‘li hududlarida zamonaviy, jahon standartlariga javob beradigan kanatli yo‘llar qurish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

Xususan, Pop tumani “Arashan” ko‘li atrofi va unga tutash hududda yirik turizm kompleksi qurish loyihasi, shuningdek, Pop, Yangiqo‘rg‘on tumanlari turizm qishloqlari imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

POMA kompaniyasi tomonidan ushbu yo‘nalishlarda loyihalar ishlab chiqilib, taqdim etiladigan bo‘ldi.

Albatta, ushbu yo‘nalishda dunyoda o‘ziga xos tajribaga ega yirik kompaniyalar bilan hamkorlik Namanganning turizm salohiyatini yana-da rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling