Valyuta kurslari 13/11/2025
$1 – 11972.35
UZS – -0,15%
€1 – 13852.01
UZS – -0,1%
₽1 – 147.52
UZS – -0,02%
Qidirish
Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi boshchiligidagi delegatsiya Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi

Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi boshchiligidagi delegatsiya Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi

Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi boshchiligidagi delegatsiya Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligida Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Valid Fuk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonning raqamli sohada amalga oshirilayotgan islohotlari, shuningdek, mamlakatning kosmik dasturdagi ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

Tomonlar raqamli texnologiyalar va kosmik sohada o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuvda innovatsion yechimlar, sun’iy intellekt va raqamli infratuzilmani rivojlantirish borasida istiqboldagi yo‘nalishlar hamda qo‘shma loyihalar imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tashrif davomida mehmonlarga IT Park rezidentlari tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy raqamli yechimlar, innovatsion texnologiyalar hamda kosmik tadqiqotlarga oid loyihalar namoyish etildi. Delegatsiya a’zolari, shuningdek, mutaxassislarning ish jarayonini kuzatdi va ularning ilg‘or g‘oyalari hamda yangi tashabbuslari haqida ma’lumot oldilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida texnologik hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni almashish hamda yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling