Fransiyaning elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalari topshirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Valid Fukadan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuvda mustahkam tarixiy poydevorga ega bo‘lgan O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari keyingi yillarda misli ko‘rilmagan dinamika kasb etib, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Bugungi kunda oʻzaro aloqalar iqtisodiyot va sarmoyadan tortib, fan, taʼlim, turizm va madaniyatgacha boʻlgan keng koʻlamli sohalarni qamrab olgan.
Baxtiyor Saidov ikki tomonlama kun tartibida salmoqli salohiyat saqlanib qolayotganini, ularni amalga oshirish uchun har ikki davlat diplomatik idoralarining saʼy-harakatlarini yanada birlashtirish zarurligini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida vazir janob elchiga O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli va samarali faoliyatini tiladi, uning faoliyati Toshkent va Parij o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.