Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
Fransiya va O‘zbekiston muzeylar va madaniy loyihalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda

Fransiya va O‘zbekiston muzeylar va madaniy loyihalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda

Fransiya va O‘zbekiston muzeylar va madaniy loyihalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi Elchisi Janob Oliylari Valid Fuke janoblari bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida madaniyat va muzey ishi sohasidagi loyihalar: qo‘shma ko‘rgazmalarni tashkil etish, Samarqandda bo‘ladigan YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasi doirasida Fransiya Madaniyat vazirligi bilan xalqaro muzey konferensiyasini o‘tkazish va Fransiya muzeylari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Turizm, kreativ iqtisodiyot, madaniy merosni asrab-avaylash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. “Comité Colbert” ko‘magida Fransiyaning hashamatli nomdor shirkatlari, mehmonxona va restoranlarini jalb etish, shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish uchun restavrator Anne Liegeyning tashrif buyurishini uyushtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling