Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Flakks Group Oʻzbekistonda investitsiya va sanoatni modernizatsiya qilishni muhokama qildi

Flakks Group Oʻzbekistonda investitsiya va sanoatni modernizatsiya qilishni muhokama qildi

Flakks Group Oʻzbekistonda investitsiya va sanoatni modernizatsiya qilishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 4-dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Flacks Group” kompaniyasi raisi va bosh direktori Maykl Fleks hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Flacks Group” kompaniyasi vitse-prezidenti Jo Devid Hodari, kompaniya vakili Antoni Uigglsfvort hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining boshqa mas’ul vakillari ishtirok etdi.

Flacks Group — sanoat va real sektor aktivlariga ixtisoslashgan xalqaro investitsiya kompaniyasi bo‘lib, AQSHda tashkil etilgan. Kompaniya metallurgiya, tog‘-kon sanoati, kimyo, qurilish materiallari va ishlab chiqarishning turli yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi korxonalarni rivojlantirish va modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratadi.

Flacks Group sanoat korxonalarini uzoq muddatli strategik boshqaruv asosida rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya Shimoliy Amerika, Yevropa va boshqa mintaqalarda sanoat aktivlarini boshqarish bo‘yicha tajribaga ega.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va infratuzilma sohalarida hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar xususiy investitsiyalarni jalb etish, xususiylashtirish va transformatsiya jarayonlari, mavjud korxonalarni rivojlantirish hamda “Flacks Group” kompaniyasining yuqoridagi sohalar yuzasidan tajribasi va amalga oshirilgan loyihalarga e’tibor qaratdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish hamda fikr va tajribalar almashish jarayonlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling